08:42 / 12.09.2015
2244

Xingis mavsumda to‘rtinchi marta "Katta Dubulg‘a" turkumidagi bosh mukofotni qo‘lga kiritdi

Jahonning sobiq birinchi raketkasi, 34 yoshli Martina Xingis AQSh ochiq chempionatining mikst bahslarida sherigi Leandr Payes bilan birgalikda g‘olib bo‘ldi va o‘zining mavsumdagi "Katta Dubulg‘a" turnirlari doirasidagi to‘rtinchi sovriniga ega chiqdi.

Shu tariqa shveysariyalik tennischi joriy yil davomida Payes bilan hamkorlikda Australian Open, «Uimbldon» va US Open turnirlarida zafar quchdi. U shuningdek, «Uimbldon» ayollar o‘rtasidagi bahslarida sherigi Soniya Mirza bilan birganlikda g‘alaba qozongandi.

U US Open turnirining ayollar o‘rtasidagi bahslarida Soniya bilan birgalikda yarim finalga chiqqan. Ushbu juftlik Yaroslava Shvedovoy va Keysi Dellakuaga qarshi bahs olib borishadi.

Top