19:30 / 12.09.2015
4904

Yaqin Sharqdagi qum bo‘ronlari 8 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Hafta boshida Sahroi Kabir hududidan Yaqin Sharqqa kirib kelgan qum bo‘ronlari 8 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Bugungi yangiliklarda BAAga Saudiya Arabistoni hududidan kirib kelgani qum bo‘ronlari kuchayishda davom etayotgani haqida aytildi.

Shuningdek, Seysmologiya va meteorologiya xizmati markazi haydovchilarni yo‘llarda harakatlanishda qoidalarga rioya bo‘lishni tavsiya qilgan.

Ayni vaqtda bu bo‘ronlar mamlakat hududida qancha vaqt saqlanib qolishini aniq aytib bo‘lmayapti.

Qayd etilishicha, bo‘ronlarning ikkinchi yo‘nalishi shimolroqqa tomon harakatlangan va Suriya, Kipr hamda Livanga ta'sir qilgan.

Bo‘ron vaqtida atrofni ko‘rish deyarli imkonsiz bo‘lmoqda.

Top