17:30 / 13.09.2015
21427

21 sentabr kunidan «Yoshlar» telekanalida "Mehmonxona" nomli yangi milliy serial efirga chiqadi

“Yoshlar” teleradiokanali buyurtmasiga binoan “O‘zbektelefilm” Davlat unitar korxonasi tomonidan suratga olingan yigirma qismdan iborat bo‘lgan “Mehmonxona” ("Hotel'') deb nomlangan teleserial 21 sentabrdan efirga uzatiladi.  Bu haqda mazkur serial rejissyori Akrom Isakov ma'lumot bergan.

Shuningdek, serial uchun kuylangan saundtreklar ham birma-bir premera qilinishi kutilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, “Mehmonxona” filmi uchun alohida saundtreklar yaratilgan bo‘lib, asosiy saundtrek “TARONA RECORDS” kompaniyasi bilan hamkorlikda yozilgan. Mazkur saundtrek milliy estradaning yorqin yulduzi Shahzoda tomonidan ijro etilgan. Ikkinchi qo‘shiqni esa iste'dodli xonanda Akbar kuylagan. Shuningdek, Tohir Sodiqovning ham “Adashdim” deb nomlangan kompozitsiyasi aynan shu teleserial davomida premera qilinadi.

 

Ushbu teleserialda asosiy rollar O‘zbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, Erkin Komilov, Xayrulla Sa'diyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gavhar Zokirova, Tohir Saidov, shuningdek, Bobur Yo‘ldoshev, Adiz Rajabov, Ra'no Shodiyeva, Shodiya To‘xtayeva, Shahzoda Matchanova, Gulchehra Eshonqulova, Anvar Kartayev kabi aktyorlar tomonidan ijro etilgan.

Top