14:20 / 13.09.2015
3997

Arnold Shvartseneggerning o‘g‘li "Darg‘azab qirolicha" serialidagi ishtiroki orqali televideniyeda debyut qiladi

Gollivudning mashhur aktyori Arnold Shvartseneggerning o‘g‘li Patrik o‘z faoliyatida ilk marta o‘z roli bilan televideniyeda chiqish qiladi. ABC telekanalida xabar berilishicha, u bosh rollardan birini ijro etgan "Darg‘azab qirolicha" seriali televideniye orqali namoyish qilinadi.

"Serialning birinchi mavsumi joriy yilning 22 sentabr kunida FOX telekanali orqali namoyish qilinishi boshlanadi", deyiladi xabarda.

21 yoshli yosh aktyor bilan birgalikda ushbu serialda Emma Roberts, Ariana Grande, Jyeymi Li Kertis va Nik Jonas kabi aktyorlar ishtirok etishgan.

"Darg‘azab qirolicha" kartinasi komediya janrida bo‘lishi bilan birgalikda unda qo‘rqinchli sahnalar ham joy olgan. Serialning dastlabki voqealari AQShdagi talabalar shaharchasida bo‘lib o‘tadi.

Patrik Shvartsenegger bungacha ham bir qator filmlarda suratga tushishga ulgurgan. Jumladan 2015 yilda AQSh prezidentlaridan biri Franklin Delano Ruzveltning rafiqasi haqidagi "Qadrli Eleonora" va "Zombilar hokimiyati. Apokalipsis" filmlarida rol ijro etgan.

Shuningdek, u kinodagi ilk jiddiy roliga taklif olgan.

Bundan oldinroq, 21 yoshli Patrik yaponiyalik kinorejissyor Norixido Koizumining "Yarimtundagi quyosh" (Midnight Sun) nomli melodramasi (2006 yil) remeykida bosh rolni ijro etishi haqida xabar berilgandi.

Top