00:45 / 13.09.2015
4537

Eronda katta miqdorda uran zaxiralari topildi

Eron atom energiyasi tashkiloti (AEOI) Eronning markaziy qismida uranning katta zaxiralari topilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

AEOI prezidenti Ali Akbar Salohiy ochilgan yangi konlarning hamjlarini e'lon qilmadi, biroq “topilma hajmi Eronga zaxiralari borasida ishonch beradi”.

Salohiyning aytishicha, yaqin orada radioaktiv metallni qazib olish rejalashtirilmoqda. Avvalroq Eron va “oltilik” muzokaralari davomida Tehron 15 yil davomida uranni 3,67 foizdan ko‘proqqa boyitmaslikka rozi bo‘lgan edi. Eronning kam boyitilgan uran zaxiralari yaqin 15 yil ichida 300 kg dan oshmasligi lozim.

Top