07:46 / 13.09.2015
2254

Flaviya Pennetta US Open turniri g‘olibasiga aylandi

“Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining yarim finalida ruminiyalik Simon Xalebni (turnirga 2 raqam ostida tasniflangan) yenggan holda finalga chiqqan Flaviya Penetta finalda ham g‘alaba qozondi. U yarim finalda dunyoning birinchi raqamli tennischi ayoli Serena Uilyams to‘sig‘idan o‘tgan hamyurti Roberta Vinchi bilan bahsda 7:6(4), 6:2 hisoblarida g‘alaba qozondi.

Taqqoslash uchun, 33 yoshli Flaviya WTA reytingida 26 o‘rinda, 32 yoshli Vinchi esa 43-o‘rinda qayd etilgan. Bir soatu 33 daqiqa davom etgan final bahsida Penetta 4ta eys zarbani amalga oshirdi. Ushbu tarixiy chempionlik italiyalik tennischiga 3 million 300 ming dollar mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi.

US Open. “Katta Dubulg‘a”

Mukofot jamg‘armasi – 42 253 400 dollar

Ochiq xard kortlar

FINAL

Flaviya Pennetta (Italiya, 26) – Roberta Vinchi (Italiya) – 7:6(4), 6:2

Top