19:30 / 13.09.2015
2060

Kamerun shimolidagi portlashlar tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

Kamerun shimolida joylashgan Kolofat shahrida "Boko Haram" tashkiloti jangarilari tomonidan amalga oshirilgan portlashlar kamida 7 kishining o‘limiga olib keldi.

Mahalliy hukumatning ma'lum qilishicha, birinchi portlash vaqtida 3 kishi, cherkov binosi oldida yuz bergan ikkinchi portlash natijasida esa kamida 4 kishi halok bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, Kolofat shahri mamlakatning Nigeriya bilan chegarasiga yaqin joylashgan va bu hududda ham nigeriyalik jangarilar oxirgi vaqtlarda faollashmoqda.

Top