10:18 / 13.09.2015
3173

Keyingi 1 yil ichida Ukraina armiyasi askarlari soni 2 barobarga o‘sdi

1 yil davomida Ukraina armiyasi deyarli 2 barobar kengaygan. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri Stepan Poltorakka asoslanib, "Interfaks-Ukraina" nashri xabar bergan.

"Oxirgi 1 yil ichida Ukraina armiyasi askarlari soni 146 mingdan 280 ming nafargacha oshdi. Biz byudjyet va oziq-ovqat yetishmovchiligini sezayapmiz, lekin ishonchimiz komilki, bu vaziyatda sabr qilishimiz kerak va biz ukrainlar faxrlanadigan, boshqalar hurmat qiladigan, boshqalardan qo‘rqmaydigan kuchli armiyani yaratishda davom etishimiz kerak", deydi vazir.

Poltorak tankchi qismlar bilan uchrashuv o‘tkazgan va 50 nafardan ortiq harbiyni Mudofaa vazirligining maxsus yorliqlari, sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlagan.

Top