05:13 / 13.09.2015
2509

Londonda namoyishchilar suriyalik qochqinlarni qabul qilishni talab qildilar

Londonning markazida, Buyuk Britaniya parlamenti yonida bir necha o‘n minglab odam mamlakat hukumati qochqinlar oqimi masalasini hal qilishga o‘z yondoshuvini qayta ko‘rib chiqishini talab qilib namoyish o‘tkazdi. “Qochqinlar, xush kelibsiz” deb nomlangan aksiya turli huquqni himoya qilish tashkilotlari hamda unda ishtirok etgan Leyboristik partiyaning yangi yetakchisi Jyeremi Korbinning qo‘llab-quvvatlashini oldi.

Leyboristlar yetakchisi hukumatdan “umidsizlik ostonasida turgan va hayotlarini saqlab qolishga joy qidirayotgan odamlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga o‘z yuragini ochishni” talab qildi. Korbinning aytishicha, Buyuk Britaniyaga yetib kelishga urinayotganlarning barchasi “urush, nochorlik va inson huquqlari poy-mol qilinishi qurbonlari” hisoblanadi.

“Urush oxirgi o‘q uzilgandan yoki oxirgi bomba portlagandan keyin ham to‘xtamaydi. O‘z yaqinlarini bombardirovka yoki jangovor harakatlarda yo‘qotgan oilalar qayg‘usi davom etadi. Qochqinlar olg‘a boraveradilar, dunyoda turli urushlarning qurboni bo‘lgan qochqinlarning butun bir avlodi mavjud. Albatta bizning maqsad bu muammoning tinch hal qilish yo‘lini topish, odamlarga to‘sqinlik qilish emas, yordam berishdan iborat”, deb aytdi Korbin namoyishchilarning ma'qullovchi hayqiriqlari ostida.

Top