06:57 / 13.09.2015
2851

Marsyal "Liverpul"ga qarshi o‘yinda "Manchester Yunayted"ga g‘alaba keltirgan gollardan birini urdi

Angliya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" klublari o‘rtasidagi yana bir uchrashuvda 3:1 hisobi qayd etilib, "qizil iblislar"ning g‘alaba qozondi.

Dastlab, Blind 49-daqiqada hisobni ochdi. Keyin 70-daqiqada Errera penaltidan ikkinchi golni urdi. 84-daqiqada Benteke bitta javob golini urib, mersisaydlik muxlislargda umid paydo qildi. Ammo, 86-daqiqada jamoaning yangi xaridi Marsyal uchinchi golni urib, "qizil iblislar"ga uch ochkoni taqdim etdi.

Angliya chempionati, 5-tur
Manchester Yunayted – Liverpul 3:1
Gollar: 1:0 – 49 Blind, 2:0 – 70, penalti Errera, 2:1 – 84 Benteke, 3:1 – 86 Marsyal.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Darmian, Blind, Fellayni, Mata (Marsyal, 65), Errera, Kerrik (Shnayderlin, 72), Depay (Yang, 46), Shvaynshtayger.
Liverpul – Minole, Shkrtel, Gomes, Klayn, Lovren, Djan, Leyva (Moreno, 88), Milner, Firmino (Ayb, 65), Ingz (Oriji, 74), Benteke.
Ogohlantirishlar: Klayn (48), Darmian (73), Milner (75).

Top