00:02 / 13.09.2015
2282

Politsiya Hindistondagi portlashga portlovchi qurilmalarning portlab ketishi sabab bo‘lganini ma'lum qildi

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida yuz bergan portlashga tog‘ ishlarida olib boriladigan portlovchi zaryadlarning portlashi sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda mahalliy politsiya bayonotiga iqtibos keltirgan holda The Times of India nashri. 

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya mahalliy restoranda gaz ballonining portlashi haqidagi dastlabki taxminini rad etdi.

Politsiyaning aniqlashtirishicha, portlash tog‘li hududlarda skvajinalarni burg‘ilash uchun portlovchi moddalarni ishlatishga litsenziyasi bo‘lgan, portlatish ishlari bo‘yicha mutaxassis Rajyendra Kasavaga tegishli uyda sodir bo‘lgan.

Tergovning ta'kidlashicha, Kasava ikki do‘kon joylashgan turar-joy binosidagi kvartirasida katta miqdorda portlovchi modda saqlagan. Turar joy binosi yonida mahalliy aholi orasida ommalashgan tamaddixona bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 104 kishiga yetdi.

Top