00:28 / 13.09.2015
5168

Putin Donbassning taqdirini Rossiya hal qilmasligi kerakligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisining chaqiriqlariga izoh berib, “bunday masalalar ko‘chada hal qilinmasligini” aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

“Biz qalban Donbass bilanmiz, biroq afsuski bu jiddiy masala Rossiya tomonidan hal qilinmaydi”, deb aytdi Putin.

Putin, shuningdek, Minsk kelishuvlariga muqobil variant yo‘qligini va ularning amalga oshishida asosiysi Kiyev, Donetsk va Lugansk hukumatlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasiga erishish ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Putin, shuningdek, kelishuvlarning bajarilish muddatlari surilishi imkoniyati borligini tasdiqladi.

Top