17:47 / 13.09.2015
8402

Tojikiston Xavfsizlik kengashi general Nazarzodaning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi

Tojikistonda 4 sentabr kuni davlat to‘ntarishi amalga oshirishga uringan general, mamlakat mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduxalim Nazarzoda ayni paytda tirik va o‘z tarafdorlari bilan birgalikda qurshovda qolgan. Bu haqda Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Abdurahim Qahhorov ma'lum qildi.

Shu tariqa, 11 sentabr kuni OAVlar orqali Dushunbe shahridan 150 km masofadagi Romit darasida Nazarzodaning o‘ldirilgani haqida tarqalgan xabarlar rasman rad etildi.

Ma'lum bo‘lishicha, Nazarzoda 4 sentabr kuni amalga oshirilgan hujum natijasida 3ta yuk mashinasida qurol va o‘q-dori olib ketgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikistonning tog‘li hududidagi Romit darasida generalning 110 nafar tarafdori qo‘lga olingan va 22 nafari otishmalar davomida o‘ldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 sentabr kuni Dushanbe va poytaxtga tutash Vahdat tumanida militsiya bo‘linmalariga uyushtirilgan hujumlar natijasida 4 nafar militsiya xodimi va 4 OMON jangchisi halok bo‘lgan edi.

Top