18:58 / 14.09.2015
7605

104 yoshli moda qiroli

Moda vaqti soati kelib o‘zgarib turadi, ammo ayrim narsalar asrlar oshsa hamki o‘zgarmay qolaveradi. Suratlari quyida beriladigan qariyani Berlinda tushirishgan. Uning ismi — Gyunter Krabbenxyoft. Internetda yozishlaricha uning yoshi 104 da. Qariyaning o‘zi feysbukdagi sahifasida yozishicha uning yoshini ikki baravar ko‘paytirib aytisharkan. Boshqa bir ma'lumotda esa, uning yoshini 68-70 yosh, deb ko‘rsatishgan. Uning yoshi nechida ekanligidan qat'i nazar, bu qariyadan nimanidir o‘rgansa bo‘ladi, albatta.

“Men yaxshi kiyinaman. Har doim shunday kiyinib kelganman. Ishga borsam ham, sport zaliga borsam ham. Menga o‘zimga o‘zim yoqish yoqadi. Bu ichki dunyoimning tashqi ko‘rinishidir”, — deydi Gyunter.

Manba: xabardor.uz

Top