19:22 / 14.09.2015
2608

2015 yilda Pokistondan 53 ming nafardan ortiq afg‘onistonlik qochqinlar vatanga qaytishga majbur bo‘lishdi

2015 yilning boshidan buyon 53 ming nafardan ortiq afg‘onistonlik muhojirlar Pokistondan ortga qaytib ketdi. Bu haqda Pokistonning Peshovar shahridagi BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi komissariati bergan ma'lumotga asoslanib Afg‘onistondagi Pajhwok agentligi xabar tarqatgan.

"Bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, Pokistonga vaqtinchalik joylashgan 53 ming nafardan ortiq afg‘onistonlik vataniga qaytib ketdi", deydi BMT vakili.

Ma'lum qilinishicha, Pokistonda hozirda ham 3 mln atrofida afg‘onistonlik yashaydi va ularning aksar qismi noqonuniy muhojirlar hisoblanadi.

2014 yilning 16 dekabr kunida Peshavor shahridagi maktabga jangarilar tomonidan hujum uyushtirilishi va 150 kishi (shundan 135 nafari maktab o‘quvchilari) halok bo‘lishidan keyin hukumat noqonuniy muhojirlarga nisbatan qattiqqo‘l siyosat yurita boshladi. Pokiston bunday muhojirlarni jangarilar sifatida ayblab chiqdi.

Oxirgi oy davomida bu mamlakatning turli tumanlarida o‘tkazilgan reydlar davomida afg‘onistonlik muhojirlarga bosim o‘tkazilishi kuchaydi. Shuningdek, mahalliy aholi ham afg‘onlarga dushmanlarcha munosabatda bo‘lmoqda.

Top