08:53 / 14.09.2015
3298

AQSh maxsus xizmatlari Rim papasiga nisbatan tahdidni bartaraf qildi

AQSh maxsus xizmatlari Rim papasining xavfsizligiga solingan tahdidni bartaraf qildi. Bu haqda Kongress milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi ma'lum qildi.
“Biz Rim papasining AQShga kelishiga qanday tahdidlar solinishi mumkinligini diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Xususan, biz mana shunday bir holatni bartaraf qildik. Uning safari muddati yaqinlashmoqda, uning xavfsizligini ta'minlash uchun sergaklikni oshiramiz”, - uning so‘zlarini keltiradi ABC.

Top