12:00 / 14.09.2015
2412

Gari Nevill de Xeaning "Liverpul"ga qarshi o‘yindagi harakatlariga yuqori baho berdi

"Manchester Yunayted" jamoasining sobiq sardori Gari Nevill 12 sentabr kuni APLning 5-turida "Liverpul"ga qarshi kechgan o‘yin haqida fikr bildira turib (3:1), jamoa darvozaboni David de Xeaning ko‘rsatgan qahramogliklarini e'tirof etdi.

"Menimcha, "MYu" uchun De Xeaning qolishi muhim ahamiyatga ega edi. Agarda "Liverpul"ga qarshi kechgan bahsda darvozada Serxio Roberto turganida, "Liverpul" yana ikkita gol ura olgan bo‘lardi.

De Xea Aybning zarbasidan so‘ng ajoyib seyv amalga oshirdi. Aynan uning borligi evaziga "MYu"ga uch ochkoga ega bo‘ldi", - deydi Nevill Sky Sports`ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar vaqtida ushbu darvozabon eng ko‘p muhokama va munozaralarga sabab bo‘lgan, uning o‘zi Madridning "Real" jamoasiga ketish fikrida qat'iy turib olgan, bosh murabbiy uni APLning yangi mavsumi startidagi 4ta o‘yinda maydonga tushirmagandi. Lekin "Real" jamoasi ushbu futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga ulgurmay qoldi.

Keyinroq esa, David de Xea "MYu" bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirdi.

Top