10:15 / 14.09.2015
2809

Joze Mourino: Men hozirgi holatim bilan ko‘pchilikni xursand qilyapman

"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoadagi muammolar va omadsiz boshlangan masum haqida gapirib o‘tdi.

"Menimcha hozir ko‘pchilik baxtli bo‘lsa kerak. Chunki men shuncha yil mobaynida ilk marta bunday og‘ir holatga tushib qoldim. Nima ham derdim, rohatlanishda davom eting. Men esa dam olish kunlari lazzatini totib, so‘ngra seshanba kungi g‘alaba haqida bosh qotira boshlayman.

Faoliyatim davomida ilk marta bunday yomon natija qayd etmoqdaman. Ammo men vaziyatni o‘nglay olaman, chunki futbolchilarim bilan qarama-qarshi turib emas, balki bir tomonda turib kurashmoqdaman. Biz yakdilmiz", - deydi Mourino.

Hozir men turnir jadvaliga qaramaganim yaxshi, hayotimda ilk marta jamoamni bunday holatda ko‘rmaslik uchun.
Boshimdan ajoyib kechinmalar o‘tmoqda, men hozir hech qanaqasiga sakrab, quvona olmayman. Chunki odamlarning nazdida, men hozir xursandchilik qilishga haqli emasman. Lekin men ich-ichimdan quvona olishim mumkin, chunki menda ajoyib hissiyotlar kechmoqda", deydi Mourino.

Top