09:45 / 14.09.2015
2435

Luizianalik erkak uch kishini otib tashlagandan so‘ng o‘z joniga ham qasd qildi

Amerikaning Luiziana shtatidagi Sentral shahrida bo‘lib o‘tayotgan bazm fojia bilan yakunlandi. Mahalliy hukumat vakillarining xabar berishicha, mehmonlardan biri uch kishini otib o‘ldirib, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bazmga amerika futbolini tomosha qilish va musiqa eshitish uchun jam bo‘lishgan. Erkaklar o‘rtasida vujudga kelgan bahs urush-janjalga aylanib ketgan. Qatnashchilardan biri – 60 yoshli Rodni Kemin o‘q otib, uch kishining umriga zomin bo‘lgan. Shundan so‘ng o‘z joniga ham kasd qilgan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, mehmonlar o‘rtasidagi kelishmovchilikka musiqa sabab bo‘lgan. Kemin tomonidan o‘ldirilganlar aka-ukalar ekani aytilmoqda.

Top