16:01 / 14.09.2015
3376

Nazarboyev: qiyin kunlarda har doim tojik xalqining yonida edik

Qozog‘iston Tojikistonga har tomonlama yordam berib kelmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralar yakuniga ko‘ra bayonot berdi.
“Tojikiston qiyin kunlarni boshdan kechirdi, va biz har doim tojk xalqining yonida edik”, - dedi u.

“Biz qo‘limizdan kelganicha gumanitar va harbiy-texnik yordam berib keldik”, - ta'kidladi Nazarboyev.
Uning aytishicha, mustaqillik yillarida ikki davlat o‘rtasida hech qanday muammolar bo‘lmagan.
Shu bila birga, Nazarboyev energetikaning Tojikiston iqtisodiyotidagi muhim o‘rnini ta'kidlab, “mintaqa davlatlari suv va energetika masalalari bo‘yicha kelishi ish tutishi” kerakligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Top