15:55 / 14.09.2015
3519

O‘sh yaqinidagi yer o‘pirilishi bir qishloqni vayron qilishiga oz qoldi

O‘sh shahri yaqinidagi Olmaliq qishlog‘ida 13 sentabr kuni yer o‘pirilishi kuzatildi. Bu haqda Qirg‘iziston FVV xabar qildi.

Buning natijasida qishloqda joylashgan 16 uy vayron bo‘lish xavfi ostida qoldi.
Vazirlikning mahalliy boshqarmasi rahbari Arzimat Tag‘ayev 13 xodimi bilan birgalikda voqea joyiga yo‘l oldi va vaziyat bilan tanishib chiqdi.
Qurbonlarning oldini olish maqsadida 17 oila ko‘chirildi.

Top