12:18 / 14.09.2015
2834

Samara politsiyasi do‘konlarning birida keksa nafaqaxo‘rni urib yiqitgan jinoyatchini qo‘lga oldi

Rossiyaning Samara viloyati Sizrani shahri politsiyasi keksa yoshli ayolni bir zarba bilan yiqitib, katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan 27 yoshli erkak kishini qo‘lga oldi. Jinoyatchi surishtiruv ishlari olib borilishi uchun politsiya bo‘limiga olib kelingan, deya xabar bermoqda TASS.

Avvalroq Samara viloyati tergov qo‘mitasining tergov bo‘limi prokuraturaga Sizrani shahridagi “Pyatyorochka” do‘konida keksa ayolga tan jarohati yetkazilishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish haqida murojaat qilgan.
Hodisa 2015 yilning 4 sentbrida sodir bo‘lgan edi. Unda 27 yoshli Vladislav Konovalov kassa yonida keksa ayolga bir zarba bilan qattiq tan jarohatini yetkazgan. Mazkur holat do‘kondagi kuzatuv kamerasi orqali tasvirga olingan, so‘ngra internetga joylanib, katta shov-shuvlarni keltirib chiqargan edi.

Undan jabr ko‘rgan ayol zudlik bilan jarrohlik stoliga yotqizilgan. Ayni paytda uning ahvoli qoniqarli ekani ma'lum qilindi.
Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, avval ham keksa ayolga hujum qilib, qovurg‘asini urib sindirgan ekan.

Top