12:39 / 14.09.2015
4057

SRF: Blatter JCh-2010 va JCh-2014 o‘yinlari translyatsiyasi huquqini asl narxidan 20 barobar arzonga sotgan

FIFA prezidenti poraxo‘rlik bilan bog‘liq yana bir mojaro markazida qolmoqda.

Shveytsariyadagi SRF telekanalida aytilishicha, 79 yoshli futbol amaldori FIFAning sobiq vitse-prezidenti va KONKAKAFning sobiq rahbari Jyek Uornerga JCh-2010 va JCh-2014 o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini 600 ming dollarga sotib yuborgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, bu bozordagi asl narxlarning 5 foiziga teng hisoblanadi.

Biroz oldinroq, Uorner JARga 2010 yilgi mundial mezbonligi berilishidan tushgan 10 mln dollarlik daromadning 1,6 mln dollarlik qismini o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyi oxirida FIFA tizimida poraxo‘rlik holatlari aniqlangach, amaldagi prezident Yozef Blatter o‘z lavozimini muddatidan oldinroq tark etishi haqida ma'lum qilgandi.

Top