12:17 / 15.09.2015
7779

Abituriyentning o‘rniga imtihonga kirgan talaba ikki yildan so‘ng o‘qishdan chetlashtirildi

Jizzax politexnika institutida o‘qib kelayotgan Ilhom Qurbonov ikki yil muqaddam bir abituriyentning o‘rnidan imtihonga kirganligi oshkor bo‘lib, talabalikdan chetlashtirildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Asli qo‘qonlik abituriyent Sarvar Ergashev Qurbonovga ma'lum miqdorda pul berib, uning soxta hujjat bilan uning o‘rniga imtihonga kirishiga erishdi. Qurbonov ham testlarni yaxshi topshirib, yuqori ball oldi. Natijada imtihonga kirmagan Ergashev talabalikka qabul qilindi.

Ammo oradan ikki yil o‘tib, bu aldov ochildi. Ularning har ikkisi ham talabalar safidan chiqarildi.

Top