11:52 / 15.09.2015
2215

Avstraliyaning yangi bosh vaziri qasamyod qabul qildi

Kanberrada mamlakat yangi bosh vaziri – Malkolm Tyornbullning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Hukmron Liberallar partiyasida bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida sobiq bosh vazir Toni Ebbott sobiq aloqa vaziri Tyornbullga imkoniyatni boy berdi.

Tyornbull 54 voz to‘plab, Ebbot uchun berilgan 44 ovozdan o‘zib ketdi. Deputatlar mamlakat bosh vazirining amaldagi yordamchisi Juli Bishopni o‘z lavozimida qoldirishni ma'qul ko‘rishdi.

Top