16:16 / 15.09.2015
3760

BMW rahbari Harald Kryuger Frankfurtdagi avtosalon ochilishida hushdan ketib yiqildi

Germaniyaning Frankfurt shahridagi xalqaro avtosalon ochilishiga bag‘ishlangan marosimda BMW kompaniyasi rahbari Harald Kryuger hushdan ketib yiqildi. Shu munosabat bilan BMW yangi modellarining namoyishi qoldirildi.
BMW erishgan yutuqlar va kelgusidagi namoyishlar haqida bir necha iborani so‘zlashga ulgurgan Kryuger o‘zini yomon his etgan va sahnaning o‘zida hushdan ketib yiqilgan.
Kompaniya vakillari zudlik bilan uni sahnadan olib tushgan, prezentatsiya noma'lum muddatga qoldirilgan.
Frankfurtdagi 66- Xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi 15-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 230 ming kvadrat metr maydonda 39 mamlakatning 1,1 mingdan ziyod stendlari joylashtirilgan bo‘lib, Internationale Automobil Ausstellung (IAA) o‘zida dunyoning barcha eng mashhur brendlarini jamlagan. Motorshou Frankfurt va Parij shaharlarida navbatma-navbat toq yillarda o‘tkaziladi. 2013 yilgi ko‘rgazmada 159 xalqaro premera o‘tkazilib, tomoshabinlar soni 881 ming kishidan oshgan edi.

Frankfurt-2015 motoroshousidan onlayn reportaj

Top