09:15 / 15.09.2015
3762

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Rossiya samolyotlarining chegara chizig‘ida uchib yurishini “qo‘rqitish” deb atadi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Mayl Fellon Rossiya samolyotlarining Britaniya havo hududiga yaqin joylarda parvozlarni amalga oshirishini “qo‘rqitish” deb atadi.

“Bu ortiqcha, o‘rinsiz xatti-harakatdir, bu bizning asabimizni o‘ynashga qaratilgan qo‘rqitish harakatidir”, - dedi u Sky News nashriga bergan intervyusida.
Fellonning ta'kidlashicha, Rossiya samolyotlari havo nazorati xizmatlariga ham, Britaniya harbiy havo kuchlari uchuvchilariga ham javob qaytarmaydi.

Top