17:53 / 15.09.2015
3669

Forbes: «Real» dunyoning eng boy jamoasi unvonini «Dallas Kovboys» jamoasiga boy berib qo‘ydi

Ispaniyaning «Real» klubi Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, dunyoning eng boy jamoasi unvonini Amerika Milliy futbol ligasining (NFL) «Dallas Kovboys» jamoasiga boy berib qo‘ydi. Bu haqda nashrning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Forbes «Dallas Kovboys» jamoasini 4 mlrd dollarga baholagan. Madridning «Real» klubi esa bu reytingda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoaning narxi 3,26 mlrd dollar.

Uchinchi o‘rinni NFLning yana bir vakili «Nyu England Patriots» klubi egallab turibdi. To‘rtinchi o‘rinda «Nyu York Yankilari» beysbol klubi bormoqda. Bu ikkala klub jurnal tomonidan 3,2 mlrd. dollarga baholangan. Beshinchi o‘rinda qayd etilgan Ispaniyaning boshqa bir futbol jamoasi «Barselona»ning qiymati esa 3,16 mlrd dollarni tashkil etgan.

Top