14:06 / 15.09.2015
3092

Infiniti o‘z tarixidagi eng kichkina xetchbekni oshkor qildi

Infiniti kompaniyasi o‘z tarixidagi golf-klassga oid birinchi xetchbekni taqdim etdi. Q30 modelining ommaviy debyuti Frankfurtdagi motorshouda o‘tkaziladi.
Mashina Infiniti va Mercedes-Benz kompaniyalarining qo‘shma loyihasidir.

Q30 MFA platformasida qurilgan bo‘lib, u Mercedes-Benz A-Class, CLA va GLA’da qo‘llanadi. Kompaniya vakillarining ma'lum qilishicha, model ishlanmalari Yaponiyada boshlanib, so‘ng Yevropaga ko‘chgan. Loyiha ustida Infiniti’ning 750 muhandisi ishlagan.
Mashinaning Premium va Sport modifikatsiyalari bo‘ladi, ular tashqi ko‘rinishi va texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha farqlanadi. Jumladan, sport varianti agressiv dizaynga ega bo‘ladi.

Q30 voydut dvigatellari tarkibiga benzinli 120 va 154 ot kuchiga ega 1.6 l li agregatlar, 208 kuchli 4 silindrli 2.0 l li motor, 107 va 168 ot kuchiga ega 1.5 va 2.2 l li dizellar kiradi. Dvigatellar 6 diapazonli mexanik o‘tkazmalar qutuisi va 7 diapazonli “robot” bilan uyg‘unlikda ishlaydi.

Infiniti Q30 markaning Yevropada teriladigan birinchi mashinasi bo‘ladi. U Buyuk Britaniyaning Sanderlend shahridagi zavodda yig‘iladi. Zavod modernizatsiyasiga 250 mln funt sterling ajratildi. Mashina sotuvlari shu yildanoq boshlanadi.

Top