09:47 / 15.09.2015
3174

iPhone 6S detallari tannarxi 234 dollarni tashkil qilishi ma'lum bo‘ldi

Ekspertlar Apple kompaniyasining 64 Gb doimiy xotiraga ega yangi iPhone 6S smartfoni detallari tannarxi 234 dollarni tashkil qilishini aniqlashdi. Bu haqda Bussiness Insider nashri ma'lum qildi.

Smartfonning eng qimmat detali yarimo‘tkazgich detallari hisoblanadi. Ularga umumiy summadan 127 dollari to‘g‘ri keladi. Bu summaga 36 dollar narxdagi uyali modullar, 25 dollarlik A9 protsessori, 22 dollarlik turli sensorlar (jumladan, barmoqlar izi skaneri va NFC moduli), 20 dollarlik 64 Gbli flesh-xotira kiradi.
Qolgan 73 dollarlik summa kamera, ekran va batareyaga, yana 33 dollar esa korpus va boshqa detallarga to‘g‘ri keladi.

64 Gb doimiy xotiraga ega Apple iPhone 6S smartfonining rasmiy narxi 749 dollarni tashkil qiladi. Bu kompaniya har bir smartfondan 515 dollar sof foyda oladi, deganini anglatmaydi. Ishlab chiqarish, logistika va sotish ham ma'lum xarajatlarni talab qiladi.

Top