14:36 / 15.09.2015
3994

KXShT yetakchilari Dushanbeda qo‘shma yig‘ilish o‘tkazmoqda

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda. Aytilishicha, uchrashuv Dushanbedagi Millatlar saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu sammitning keyingi bosqichida yig‘ilishga delegatsiyalar ham qo‘shiladi. Kengashning bugungi sessiyasi bir qator hujjatlarning imzolanishi bilan yakunlanadi. Bular orasida eng muhimi davlat rahbarlarining xalqaro siyosiy maydondagi eng dolzarb masalalar bo‘yicha qo‘shma bayonotidir.

Ta'kidlanishicha, hujjatda tashkilotga a'zo davlatlarning jahon miqyosida avj olib borayotgan iqtisodiy, siyosiy muammolar, harbiy ixtilof yuzasidan xavotirlari bayon etiladi.
Sammit davomida KXShTning turli yo‘nalishdagi hamkorlikdagi faoliyati, jumladan, mintaqaviy va global tahdidlar, terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash singari masalalar muhokama qilinadi.

Top