22:05 / 15.09.2015
5318

Namanganda IIV xodimi 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

2011 yildan To‘raqo‘rg‘on IIB huquqbuzarlikning oldini olish bo‘linmasi Militsiya tayanch punktlari profilaktika inspektori Ma'ruf Nodirov poraxo‘rlikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu haqda “Huquq olamida” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, u aholi bilan ishlash chog‘ida turli bahonalar bilan ularning kamchiligini ko‘rsatar, ushbu kamchiliklarni “bartaraf” qilishda esa o‘z “xizmat”larini taklif etardi. Bu xizmatlar evaziga esa odamlardan pora olardi.

Uning bu ishlari fosh etilib, IIVning sobiq xodimi 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top