10:05 / 15.09.2015
2735

Nyu-Yorkdagi qamoq xodimasi tushkunlik va oilasidagi muammolar tufayli mahbuslarga qochishda yordam berganini tan oldi

Iyun oyida Nyu-York shtatidagi qamoqlardan biridan qotillik uchun mahkum etilgan ikki nafar mahbusning qochishiga yordam bergan qamoq xodimasi buni tushkunlik va oilasidagi muammolar sababli qilganini tan oldi, deb yozmoqda The Independent nashri.

Qamoqning endilikda sobiq xodimasi bergan intervyusida jinoyatchilarga qochish uchun asboblarni ular bilan do‘stlashganidan keyin berganini aytdi.

“Men o‘sha vaqtlarda erim meni boshqa sevmasligini his qilayotgan edim. Men tushkunlikda edim, fikrimcha, ular buni sezishgan”, deb aytdi ayol.

Unga qochishni tashkil qilgani va yordam bergani uchun 7 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Bundan tashqari, 51 yoshli Mitchell mahbuslar bilan hech qanday ishqiy munosabatlar nazarda tutilmagani, biroq ularning e'tibori unga hayotidagi murakkab paytda yordam berganini tan oldi.

“Men bu qilmishimdan juda afsusdaman. Agar iloji bo‘lganda, men hammasini ortga qaytargan bo‘lardim. Biroq endi befoyda”, deb aytdi Mitchell va jazoga loyiqligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, qochib ketgan mahbuslardan biri qo‘lga tushgandan keyin bir kishilik kameraga joylashtirilgan, ikkinchisi esa ta'qib paytida politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirilgan.

Top