09:56 / 15.09.2015
3645

Oq uy Suriya bo‘yicha Putin va Obama o‘rtasida yangi muzokaralar bo‘lib o‘tishini inkor etmayapti

Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest kelgusida Suriyadagi vaziyat bo‘yicha AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasida yangi muzokaralar bo‘lib o‘tishini inkor qilmadi. Bu haqda u dushanba, 14 sentabr kuni jurnalistlarga ma'lum qildi.

“Albatta, men kelgusida mazkur mavzu (Suriya) va boshqa masalalar yuzasidan prezidentlar darajasida yangi muzokaralar bo‘lib o‘tishini inkor etmayman”, – deya qayd etib o‘tdi Ernest.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Obama va Putinda shunday munosabatlar paydo bo‘ldiki, bu “bir-biri bilan yanada ochiqroq muloqot qurishga imkon beradi”.

So‘nggi marotaba Obama va Putin Suriya masalasida 2015 yil 15 iyun kuni telefon orqali muloqot qurishgan edi. O‘shanda Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriya masalasi bo‘yicha Rossiya va AQSh muzokaralari davom etayotgani, ikki mamlakat prezidentlari bir-birini yaxshi tushinishi, biroq bu ular ushbu masalada bir to‘xtamga kelganini anglatmasligini aytib o‘tgan edi.

Top