01:19 / 15.09.2015
4694

O‘zbekistonda xodimlar gimnastikasi keng joriy qilinmoqda

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlar gimnastikasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Rayosat qarori ijrosi yuzasidan respublika miqyosida, xususan, Toshkent viloyatidagi qator korxona va tashkilotlarda xodimlar gimnastikasi joriy etilgan.

Jumladan, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar kengashi tarkibidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xodimlar salomatligini mustahkamlash, mehnat samaradorligi va foydali ish koeffitsiyentini oshirish maqsadida mehnat jamoalarida muntazam ravishda xodimlar gimnastikasi o‘tkazilib kelinmoqda.

Bu borada tumandagi 39-maktabgacha ta'lim muassasasida olib borilayotgan ishlar fikrimiz dalilidir. Ushbu maskanda xodimlar muntazam ravishda musiqa sadolari ostida foydali gimnastik mashqlar majmui bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Mashqlarning tibbiyot xodimi va sport bo‘yicha yo‘riqchi nazoratida bajarilayotgani xodimlar gimnastikasi samarasini yanada oshirmoqda. Bu o‘z navbatida tarbiyachilarning farzandlarimizga tetik va toliqmay tarbiya berish imkoniyatini oshirmoqda.

Top