21:28 / 15.09.2015
3950

Rolls-Royce yangi kabriolet namoyish qildi

Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce avtomobilsozlik kompaniyasi yangi ultralyuks sinfidagi Rolls-Royce Dawn kabrioletini namoyish qildi. Avtomobil Frankfurtda bo‘lib o‘tayotgan avtosalonda ilk bor namoyish qilindi. 

Dizaynerlarni avtomobilni yaratishga 1952 yildagi model ilhomlantirdi. Yangi mashinaning nomi “Tong” deb tarjima qilinadi va ishlab chiqaruvchilar mashinani “har bir yangi kun o‘zida saqlovchi chorlovchi imkoniyatlar” bilan bog‘lashmoqda.
Kabriolet yig‘iluvchi yumshoq matoli tom bilan jihozlangan. Tom soatiga 50 km tezlikda 22 soniyada yig‘iladi.

Rolls-Royce Dawn kapoti ostida 12 silindrli 6,6 litr hajmga ega ikki turbonadduvli dvigatel joylashgan. Dvigatel 563 ot kuchiga erisha oladi. Salondagi o‘rindiqlar alohida – ayri ko‘rinishida joylashgan.

Mashina 16 ta dinamikli Bespoke audiotizimi bilan jihozlangan. Ichki o‘rnatilgan mikrofon evaziga ovoz va tonallikni sozlash mumkin. Mashinaning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, unda yo‘lovchilarni tanish tizimi mavjud bo‘lib, u teplovizor kabi ishlaydi.

Top