21:03 / 15.09.2015
3222

Shamsiddin Vohidov durangga imzo chekdi

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Sportchilar so‘nggi tur oldidan o‘zaro bellashishdi.

Ushbu dunyo birinchiligida ishtirok etayotgan yosh grossmeysterimiz Shamsiddin Vohidov hindistonlik Xarsha Bxaraxatokiga qarshi bahsning 92-yurishida durangga imzo chekdi. Oxirgi bellashuvda hamyurtimizning raqibi shveysariyalik Studer Noyel bo‘ladi.

Manba: sports.uz

Top