10:49 / 15.09.2015
3445

Toshkentda ICTWEEK Uzbekistan 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o‘z ishini boshladi

14 sentabr kuni Xalqaro biznes markazida ICTWEEK Uzbekistan 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining ochilishiga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda haftalik qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona format ostida birlashtiradi.

ICTFORUM 2015 axborot-kommunnikatsiya texnologiyalari forumi IT sohasidagi professionallar va ekspertlarning diqqatini jalb etuvchi muhim ahamiyatga ega tadbirdir. ICTFORUM 2015 ilk marotaba o‘tkazilmoqda va u AKT yo‘nalishida zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilishda o‘ziga xos ekspertlar maydonchasiga aylanishi kutilmoqda. Forum ikki kun davomida (16–17 sentabrda) faoliyat yuritadi va alohida guruhli konferensiyalar, sektsion yig‘ilishlar, mahorat saboqlari hamda panel muhokamalar formatida o‘tkaziladi. Forum dasturi ixtisoslashtirilgan tadbirlar majmuini nazarda tutadi. Uning doirasida eGovernment Uzbekistan, BestSoft Uzbekistan va Startup Conference, “AKT va turizm” konferensiyalari, hamda “Telekommunikatsiyalar va infratuzilma”, “Internet va axborot resurslari”, “Axborot xavfsizligi” sektsion yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi.

ICTSUMMIT 2015 (18 sentabr) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti haftalikning eng yirik tadbiri bo‘lib, u IT sohasining mazkur yildagi taraqqiyot natijalari bo‘yicha xulosalar chiqarish, soha oldida turgan strategik vazifalarni muhokama qilish maydonidir. ICTFORUM 2015 yakunida qatnashchilar tomonidan kiritilgan Rezolyutsiya qabul qilinishi kutilmoqda. AKT Sammiti faoliyatiga aloqa va axorot texnologiyalari sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbar xodimlari, xalqaro ekpertlar va tahlilchilar, xalqaro IT-kompaniyalar vakillari taklif etiladi.

Joriy yilda misli ko‘rilmagan ko‘lamda o‘tkaziladigan – 1800 kv.m dan katta maydonni egallagan va 150ta eksponent-kompaniyalar qatnashadigan ICTEXPO 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi ICTWEEK Uzbekistan 2015ning yorqin voqealaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘rgazma Toshkentda (15–17 sentabr) va Samarqandda (15–16 sentabr) tarmoq formatida tashkillashtiriladi. ICTEXPO 2015ga 30 mingdan ziyod kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.

16 sentabr kuni ICTWEEK Uzbekistan 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida BestSoft Challenge dasturchilar musobaqasi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Musobaqa oliy o‘quv yurtlar talabalari, maktab, kollej va litsey o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha olib borildi: elektron tijorat sohasida eng yaxshi qaror, ta'lim sohasida eng yaxshi loyiha hamda kompyuter, brauzer va mobil o‘yinlarining eng yaxshi ishlanmasi. Har bir nominatsiyadagi eng yaxshi loyiha 10 mln so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

18 sentabrda Ochiq ma'lumotlar bo‘yicha Xakaton – Data.gov.uz Hackathon g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar g‘oyasini ommalashtirish va mamlakatimiz uchun ushbu, nisbatan yangi bo‘lgan bilimlar doirasiga, soha ishlab chiquvchi ekspertlari va boshqa manfaatdor mutaxassislarning e'tiborini jalb etish maqsadida o‘tkazildi. G‘oliblarni taqdirlash quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: ochiq ma'lumotlar asosida eng yaxshi ilova va qo‘shimcha xizmat turi, ochiq ma'lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha eng yaxshi qaror va Toshkent viloyati bo‘yicha mavjud ochiq ma'lumotlarni qo‘llovchi eng yaxshi ilova.

15–17 sentabr kunlari kiberfutbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi – Uzbekistan Cyber Games FIFA15 bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlarga olti yoshga yetgan O‘zbekistonning barcha fuqarolari qatnashishi ruxsat etilgan. Dastlabki tanlov davralari 1-12 sentabr kunlari «Alyans Arena» (Toshkent), Gamezone (Samarqand), Mundial (Farg‘ona) va Playstation Game (Olmaliq) o‘yingohlarida o‘tkazildi.

Uzoq kutilgan MIT.UZ yoshlar o‘rtasidagi internet-musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi 17 sentabrda bo‘lib o‘tadi. Musobaqa tarmoqda sifatli internet-resurslarning mumkin qadar ko‘proq sonini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Musobaqada taqdim etilgan saytlar kontent (mazmun) va o‘zaro faollik, dizayn va qulaylik, funksional, texnologik obektlar va xavfsizlik kabi parametrlar bo‘yicha baholandi. G‘oliblar planshet, noutbuk va televizorlar kabi qimmatbaho mukofotlarga ega bo‘lishadi.

Shu bilan birgalikda, AKT haftaligi doirasida Yoshlar ijodiyot saroyida Intellect2All musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Tadbir veb-ilovalar, mobil ishlanmalar va virtual voqelikka yaqin ilovalarni ishlab chiqish kabi uch nominatsiyalarda yosh va ijodkor ishlab chiquvchilarga yo‘naltirilgan. Musobaqaning yakunlovchi bosqichi 15–17 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning asosiy sovrini uchun respublika bosqichida 20ta guruh kurashadi. Musobaqaning 6 mln so‘mlik sovrin jamg‘armasi yakunlovchi bosqichning uchta yetakchisi o‘rtasida taqsimlanadi.

Gadget Fair – haftalikning yana bir yorqin hodisasi. Gadget Fair gajyetlar yarmarkasi ICTEXPO 2015 doirasida 15–17 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi va u maydonli 360 kv.m. bo‘lgan ochiq hududda joylashadi. Yarmarka qatnashchilari yetakchi ishlab chiqaruvchilarning telefon, smartfon va planshetlarining so‘nggi modellarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ular qatorida ICTWEEK Uzbekistan 2015ning bosh homiysi Huawei kompaniyasining mahsulotlari ham taqdim etiladi.

ICTWEEK Uzbekistan 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi tadbirlarining dasturi bilan tadbir rasmiy sayti – www.ictweek.uz orqali tanishish mumkin.

ICTWEEK Uzbekistan 2015 O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi homiyligida o‘tkazib kelinmoqda. Tadbir tashkilotchilari – O‘zbekiston Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari assotsiatsiyasi va ICTNEWS nashri.

Tadbir bosh homiysi – Huawei Technologies Co. Ltd. ICTWEEK Uzbekistan 2015 ning strategik hamkori – AK “O‘zbektelekom”, mobil homiysi — UZMOBILE. AKT Haftaligi homiylari qatorida — LG CNS Uzbekistan korxonasi va SAP kompaniyasi.

Tadbir hamkorlari: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP), “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi, Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, BePro dasturchilar markazi, InfoCOM.UZ jurnali, Softline, Brand.uz, SmartLab, StartupFactory.uz, UNIQUE PRESENT Media Holding, MyTaxi, MaslovPR Tashkent va John Larckin.

Top