11:46 / 16.09.2015
2113

Belgiya delegatsiyasi O‘zbekiston Senatida muzokaralar olib bordi

Belgiya parlamentining vakillar palatasi raisi Zigfrid Brake boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida muzokaralar olib bordi.

Belgiya delegatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev qabul qildi.

Belgiyalik mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyati va O‘zbekistondagi islohotlarning borishi bilan tanishdi.

Uchrashuvlar jarayonida qayd etilganidek, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar qonuniy asoslarining mustahkamlanishida parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zaro tajriba almashishni faollashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Top