O‘tgan hafta bir qator IIV xodimlari yangi lavozimlarga tayinlandilar. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, podpolkovnik Oybek Damirovich Azimov Xorazm viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Abdumannopxo‘ja Tursunxo‘jayevich Ahmedov Namangan viloyat IIB Tashkiliy-inspektorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.
Bundan tashqari, Toshkent shahar IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi PPX brigadasi rahbarlik strukturasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, podpolkovnik Davron Mamatovich Qo‘ziyev Toshkent shahar IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi PPX brigadasi birinchi batalon komandiri lavozimiga, podpolkovnik Murod Mahmudjonovich Nurmuhamedov Toshkent shahar IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi PPX brigadasi to‘rtinchi batalon komandiri lavozimiga tayinlandi.