13:04 / 16.09.2015
3490

Citroen ochiq krossover taqdim etdi

Citroen kompaniyasi o‘rnatilgan tentga ega Cactus M kontsept-karini taqdim etdi. Fransiya kompaniyasi bu prototipni Mehari yo‘ltanlamasining zamonaviy interpretatsiyasi deb atamoqda.

Kontseptual mashinaning gabarit uzunligi 4.16 m ni, kengligi 1.77 m ni, balandligi 1.48 m ni tashkil etadi, g‘ildirak bazasi 2.6 m. Prototip 1.2 l hajmli 110 kuchli benzinli PureTech dvigateli va 6 bosqichli o‘tkazmalar qutisi bilan ta'minlangan. Avtomobil 100 km uchun 4.8 l yoqilg‘i sarflaydi.
Kaktusning xalqaro premerasi joriy yilning sentabrida Frankfurtda bo‘lib o‘tdi.

Top