10:50 / 16.09.2015
1839

Jahon banki Ukrainaga 500 mln dollarlik kredit ajratdi

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi Ukrainaga mamlakat moliya tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar miqdorida kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

“Ukraina barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga faqatgina islohotlarni davom ettirish yo‘lidagi harakatini davom ettirgan taqdirda qaytishi mumkin”, – deya qayd etdi Jahon bankining Belarus, Moldaviya va Ukraina bo‘yicha direktori Chimyao Fan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kredit mamlakat moliya tizimini barqarorlashtirish va yanada sog‘lom bank sektorini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi.

Ta'kidlanishicha, ukrain hukumati iqtisodiyotni isloh qilish borasida salmoqli odimlarni tashladi va Jahon banki barqarorlikning dastlabki alomatlarini ko‘rmoqda.

Top