08:20 / 16.09.2015
3911

Kremlda Putinning Obama bilan uchrashishga tayyorligi xabar qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh davalati rahbari Barak Obama bilan uchrashishdan qochmaydi. Garchi bu borada ikki tomon kelishuvga erishgani ma'lum qilingan bo‘lmasada, Rossiya prezidentining matbuot kotibiga asoslanib, TASS nashri shunday xabar berdi.

"Vladimir Putin hamisha ikki tomonlama muloqotlar o‘tkazishga tayyor, ayniqsa Barak Obama bilan", deydi Peskov.

Shu bilan birgalikda, u bu borada kelishuvga erishilmaganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Biroz oldinroq, Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest kelgusida Suriyadagi vaziyat bo‘yicha AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasida yangi muzokaralar bo‘lib o‘tishi mumkinligini inkor qilmagani haqida xabar berilgandi.

Top