10:11 / 16.09.2015
2838

Krishtianu Ronaldu YeChLda penaltidan urilgan gollar soni bo‘yicha rekodchiga aylandi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Shaxtyor»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda penaltidan 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasida penaltidan urilgan gollar soni bo‘yicha rekord qayd etdi. U 11 marta 11 metrli nuqtadan darvozani ishg‘ol qilgan.

Ronaldu bu ko‘rsatkich orqali Luish Figu va Ruud van Nistelroyni ortda qoldirdi. Bu futbolchilar 10 martadan penaltidan gol urishgan.

Top