21:22 / 16.09.2015
2721

Nufuzli Euromoney jurnali Nabiullinani jahon milliy banklari rahbarlari ichida eng yaxshisi deb topdi

Rossiya Milliy banki rahbari Elvira Nabiullina nufuzli Euromoney jurnali tomonidan 2015 yilda jahon milliy banklari rahbarlari ichida eng yaxshisi deb topdi va The Central bank governor of the year unvonini berdi, deb xabar bermoqda Euromoney nashri.

Euromoney Nabiullinaning Rossiya iqtisodiyotini o‘z domiga olgan “maroiqtisodiy bo‘hron”ga qarshi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. Jurnalning fikricha, Rossiya Milliy banki rahbari “ongli siyosat” yuritgan.

“Bu mukofot men uchun katta sharafdir va shak-shubhasiz, Rossiya Milliy banki jamoasi ishiga berilgan yuqori bahodir. Hozirda iqtisodiyotimiz moliyaviy tizim uchun jiddiy chaqiriqlarga ro‘baro‘ kelmoqda. Bu bizdan monetar siyosatda ham, bank sektorini tartibga solishda ham murakkab qarorlarni talab qiladi. Xalqaro bozorlarda ham noaniqlik katta darajada bo‘lmoqda va bu ham bizdan yangi chaqiriqlarga tayyor bo‘lishimizni talab qiladi. The Central bank governor of the year unvoni bu vaziyatda qo‘shimcha mas'uliyatni yuklaydi”, deb aytdi Nabiullina.

Qarorgohi Londonda joylashgan har oyda chop etiladigan Euromoney jurnali 1969 yilda tashkil topgan. Euromoney 1991 yildan 70 ta davlatda bank ishi, moliya va investitsiyalar sohasidagi yetakchilarni erishgan muvaffaqiyatlari uchun mukofotlar bilan taqdirlab keladi.

 

Top