20:09 / 16.09.2015
4643

Nurotalik erkak tanish ayolni pichoqlab qo‘ydi

Ikki tanishning janjali qon to‘kilishi bilan yakunlandi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Aytilishicha, Ilhom ismli erkak va Nazokat ismli ayol ko‘pdan buyon tanish bo‘lgan. Ammo ularning orasida kelishmovchilik yuzaga kelib, buning natijasida Ilhom Nazokatning qorniga pichoq tiqib, jarohat yetkazgan.

Qo‘shnilarning xabariga ko‘ra voqea joyiga yetib kelgan IIV xodimlari jinoyatchini to‘xtatib, qo‘lga olgan. Ayol vaqtida shifokorlar yordamini olgani bois tirik qolgan.

Top