21:08 / 16.09.2015
2875

OCh saralashi. O‘zbekiston U-16 Maldiv o‘smirlarini 8:0 hisobida mag‘lub qildi

Temurxo‘ja Olimxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati uchun o‘tkazilayotgan saralashdagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. O‘zbekistonlik o‘smirlarga Maldiv orolidan kelgan raqiblari yetarli qarshilik ko‘rsata olishmadi va javobsiz 8ta gol o‘tkazib yuborishdi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi safida Rasul Yo‘ldoshev va Abdurahmonov xet-trik qayd etishgan bo‘lsa, Karimov va Mo‘ydinov bittadan gol kiritishgan.

U-16 OCh saralashi
O‘zbekiston U-16 - Maldiv orollari U-16 - 8:0.
Gollar: Yo‘ldoshev 13, Yo‘ldoshev 50, Abdurahmonov 60, Karimov 62, Yo‘ldoshev 71, Abdurahmonov 74, Mo‘ydinov 84, Abdurahmonov 87

Top