09:07 / 16.09.2015
5000

Oq Uy Obama va Putinning muloqoti o‘tkazilishi shartlarini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishi uchun bunday qo‘ng‘iroq AQSh manfaatlariga javob berishi lozim. Bu haqda Oq Uyning rasmiy vakili Josh Ernest aytib o‘tdi.

“Jamoamiz, asosiysi, bizning prezidentimiz, prezident Putin bilan telefon muloqoti mamlakatimiz manfaatlariga javob beradi, deb topsa, qo‘ng‘iroq ana shunday amalga oshiriladi”, - uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.

Aytilishicha, bunday qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan taqdirda ikki davlat rahbari Suriya masalasida biror kelishuvga erishishi mumkin bo‘ladi.

Top