15:46 / 16.09.2015
1742

"Roma"ga qarshi o‘yin orqali Messi YeChLda 100ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylanishi mumkin

Bugun "Barselona" klubi safarda "Roma"ga qarshi YeChL doirasida uchrashuv o‘tkazadi. "Barselona" hujumchisi Lionel Messi ushbu uchrashuvda maydonga tushsa, YeChLdagi o‘yinlari sonini 100taga yetkazib oladi.

28 yoshli futbolchi shu tariqa Chempionlar ligasi tarixida 100ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylanishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Messi ilk marta 2004 yilda YeChL uchrashuvlarida maydonga tushgan bo‘lib, shundan buyon 11 mavsum o‘tkazgan. Uning hisobida 99ta o‘yindan so‘ng 77ta gol va 22ta golli uzatma bor.

Lionel Messi "Barselona" bilan ushbu musobaqada 4 marta g‘olib chiqqan.

Top