23:07 / 16.09.2015
5195

Rossiya o‘zining strategik mudofaa chizig‘ini o‘z chegaralaridan surmoqda

Rossiya keyingi 4 yil ichida o‘zining strategik mudofaa chizig‘ini Tojikiston chegaralarigacha surishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda 14 sentabrda Belarus Strategik va tashqi siyosat tadqiqotlari markazi tomonidan chop etilgan “Rossiyaning yangi geostrategiyasi: xalqaro xavfsizlik arxitekturasi uchun oqibatlar va chaqiriklar” deb nomlangan hisobotida aytilmoqda.

Hisobotning kirish qismida Rossiya yangi geostrategiyasining birinchi elementi sifatida o‘zining strategik mudofaa chizig‘ini o‘z chegaralaridan surishi ta'kidlab o‘tilgan. Rossiya mudofaa chizig‘ini “Sharqiy Yevropada Kaliningrad viloyatining g‘arbiy chegarasi, Belarus., Ukraina, Pridnestrove, Abxaziya va Janubiy Osetiyaning janubiy chegaralari va Markaziy Osiyoda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonning sharqiy va janubiy chegaralari orqali o‘tuvchi liniyaga” surmoqchi.

Hisobotda Xitoy, Eron, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston rahbariyatiga “Rossiyaning yangi geostrategiyasi uchun Katta Markaziy Osiyoda “IShID” va boshqa terrorchilik harakatlariga qarshi kurashish vazifalarining past ustuvorlikka egaligini hisobga olish” tavsiya qilinmoqda. “Markaziy Osiyodagi beqarorlik Rossiya uchun Moskva AQSh-Xitoy hamkorligining barbod bo‘lishi, Pekinning e'tibori va resurslarini Osiyo-Tinch Okeani mintaqasiga jalb qilish va Rossiyaning Xitoyga bosh energiya zaxiralarini yetkazib beruvchi maqomga erishishdan oladigan foydalari ortida ma'lum darajalarda maqbul hisoblanadi”, deyilmoqda hisobotda.

Hisobotda Rossiya go‘yoki “jahon bozorlarida energiya tashuvchilar narxlarining oshishiga olib keluvchi mojaroli dinamikaning oshishiga”, xususan Markaziy Osiyoda, ko‘mak beradi, deb ta'kidlanmoqda.

Top